Bu haqda diyetolog, nutritsiolog Yevgeniy Arzamastsev aytib o'tdi.
Olma immunitetni oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, shirin-nordon va nordon olma tarkibida shakarning ortiqcha miqdori yo'q, dedi mutaxassis. Bundan tashqari, olma oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Bu gastrit kasalligi mavjud hamda ovqat hazm qilish bilan bog'liq muammolari bor odamlarga taalluqli emas, deyiladi mir24.tv saytida.
“Olmada ichak holatini yaxshilaydigan ko'plab tolalar, pektinlar mavjud. Ular 60 yoshdan oshgan odamlarda tez-tez uchraydigan ich qotishi bilan bog'liq holatlarni bartaraf etishda samarali ta'sir ko'rsatadi”, dedi Arzamastsev.