Qayd etilishicha, Eron rasmiylari AQSh Prezidenti Donald Trampning harbiy chora ko'rish haqidagi takroriy tahdidlariga quloq solib, 60 foizlik toza boyitilgan 400 kilogramm uranni olib chiqib ketganiga oid ko'plab dalillar mavjud. Sofligi 90 foiz bo'lgan uran odatda yadroviy qurollarda qo'llaniladi.
22-iyunga o'tar kechasi Amerika yetakchisi Donald Tramp AQSh harbiy-havo kuchlari Eronning uchta yadroviy obyektiga hujum qilganini ma'lum qildi. Asosiy maqsad uranni boyitish zavodi – Fordo edi. Uning sentrifugali zali yuz metrli jarlik va temir-beton qatlami bilan qoplangan, bu esa uni bombardimon qilishdan deyarli daxlsiz qilgan.
Obyektga faqat Amerika bunker bombalari talafot yetkazishi mumkin edi. OAV xabarlariga ko'ra, B-2 bombardimonchi samolyotlari Fordoga shunday snaryadlarni tashlagan. Bundan tashqari, suv osti kemalari Isfaxon va Natanzdagi yadroviy obyektlarga Tomahawk qanotli raketalarini uchirgan.
Tramp Eronning asosiy uran boyitish inshootlari “butunlay va to'liq vayron bo'lganini” aytdi, Eron esa Fordo zavodiga qisman shikast etganini ma'lum qildi, deb xabar beradi gazeta.ru.