Meteoritning qulab tushishi bilan bog'liq hodisa 8-may, dushanba kuni sodir bo'ldi. Taxminan 10 dan 15 santimetrgacha bo'lgan tosh Kop oilasi uyining tomini teshib o'tib, yotoqxonaga tushib ketgan. Yaxshiyamki, o'sha paytda uy egalari uyda bo'lmagan, shuning uchun hech kim jabrlanmagan.

Topilgan meteorit olimlarga topshirildi. Franklin instituti bosh astronomi Derrik Pitsning aytishicha, meteoritning yoshi taxminan 4-5 milliard yil.

Olimning aytichishicha, meteorit har yili 19 apreldan 29 maygacha sodir bo'ladigan Eta-Akvaridlar meteorit oqimining bir qismi bo'lgan. Oqimning eng yuqori nuqtasi 5-6 mayga to'g'ri keladi. Oqim o'zining eng faol davrlarida soatiga yuzlab “qulab tushadigan yulduzlarni” yuzaga keltirishi mumkin. Ularning aksariyati atmosferada butunlay yonib ketadigan meteoritlardir.

Eta-Akvaridlar oqimi meteoritlari Galleya kometasining tosh qoldiqlaridir. NASA ma'lumotlariga ko'ra, mazkur kometa har 75-79 yilda Yerdan ko'rinib turadi, deb xabar beradi mir24.tv.