“Tai chang special steel” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha hudud sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Loyiha strategik
ahamiyatga ega bo‘lib, yuqori sifatli legirlangan po‘latdan yirik o‘lchamli metall
prokat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Bu orqali
import o‘rnini bosish va ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash ko‘zda
tutilgan.
Majmua uchun 14 gektar
er maydoni ajratilgan. Qurilish ishlari zamonaviy texnologiyalar va xalqaro
standartlar asosida olib boriladi. Umumiy qiymati 50,8 mln AQSh dollarini tashkil
etuvchi korxona to‘liq ishga tushgach, yiliga 600 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo‘ladi.
Yangi korxona ichki
talabni qondirish bilan birga eksport imkoniyatlarini ham kengaytirishga xizmat
qiladi. Bu esa Ohangaron tumani iqtisodiyoti o‘sishi, sanoat infratuzilmasining
mustahkamlanishi va yangi ishlab chiqarish zanjirlarining shakllanishiga turtki
beradi.
Loyihani 2027 yilda
foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Uning ishga tushirilishi natijasida 200 ta
doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Tadbirda tuman hokimi Bahrom Norqobilov ishtirok etib, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash va hududlarda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.