Aks holda, AQSh hukumati qurol embargosini joriy etilishini ma'lum qildi.
N12 xabariga ko'ra, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va boshqa bir qator amerikalik yuqori martabali amaldorlar kecha, 14-oktabr kuni Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermerga talab yozilgan hujjatni yuborgan. Agar G'azo sektoridagi gumanitar inqiroz 30 kundan keyin davom etsa, “qurol yetkazib berish avtomatik ravishda to'xtaydi”.
Hujjatda aytilishicha, Vashington G'azo sektoridagi gumanitar vaziyat yomonlashganidan xavotirda. AQSh ma'muriyati sentabr oyida anklavga olti oy ichida eng kam miqdorda insoparvarlik yordami yuborilganini ta'kidladi.
G'azo sektoridagi urush 2023-yil 7-oktabrda HAMASning Isroilga hujumidan keyin boshlangan. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, anklavda 42 mingdan ortiq odam halok bo'ldi, 98 mingga yaqin kishi jarohatlandi, deb xabar beradi kommersant.ru.