Bu haqda Rossiyaning “VCHK-OGPU” telegram kanali xabar bermoqda.

“Bryanskga uchuvchisiz uchish qurilmalari hujum qildi, aholi portlash ovozlarini eshitdi, havo hujumidan mudofaa ishlari olib borildi. Hozirda “Transneft`” neft zavodi joylashgan hududda yong'in ko'rinmoqda”, deyiladi xabarda.

Tahririyat, shuningdek, yong'in aks etgan kadrlarni e'lon qilib, yonayotgan obyekt neft ombori ekanligini qo'shimcha qildi.

Bir muncha vaqt o'tgach, viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz Rossiya Mudofaa vazirligining hududda havo hujumidan mudofaa kuchlari “o'nta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish qurilmlarini topib, yo'q qilganini” ma'lum qildi. Keyingi bayonotida viloyat rahbari gap qaysi korxona haqida ketayotganiga aniqlik kiritmasdan turib, “ishlab chiqarish obyekti”da yong'in sodir bo'lganini tan oldi, deb xabar beradi report.az.