Bu haqda Bloomberg Vortexa, Kpler va OilX kompaniyalari ma'lumotlariga tayanib xabar beradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, sanksiyalar ostidagi mamlakatlardan olingan neft ushbu hajmning katta qismini tashkil etadi. Turli manbalarga ko'ra, ushbu umumiy hajmning 20 foizdan 40 foizgacha qismi Rossiya, Eron va Venesuela yonilg'isidir.
Bu mamlakatlar global ishlab chiqarishning atigi 17 foizini tashkil qiladi, ya'ni ularning neft zaxiralari tankerlarda boshqa mintaqalardan olingan neftga qaraganda tezroq to'planib qolmoqda. Nashrning ta'kidlashicha, bu shu jumladan Rossiyada ham ishlab chiqarishning ko'payishi, ham sanksiyalarning ta'siri bilan bog'liq, shuning uchun dunyoning ko'plab bandargohlari bunday neftni qabul qilishdan bosh tortmoqda.
“Bu o'sish qisman G'arbning yanada qattiqroq sanksiyalari bilan izohlanadi, bu esa Rossiya neftining kemalarda to'planishiga va uning tushirilishiga to'sqinlik qilmoqda”, deydi Clarksons Securities tahlilchilari.
Shu bilan birga, Bloomberg agentligining xabar berishicha, hech qanday sanksiyalar ta'sirida bo'lmagan neft ham to'planmoqda. Gap asosan so'nggi oylarda ishlab chiqarish va eksportni oshirib kelayotgan Saudiya Arabiston haqida bormoqda, deb xabar berdi oxu.az.








