OAV: Sena daryosining ifloslangani Olimpiada ishtirokchilari uchun xavf tug'diradi

    Sena daryosi E. coli va enterokokk bakteriyalari bilan yuqori darajada ifloslanganligi sababli Parijdagi Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari uchun xavf tug'diradi.

    Bu haqda Buyuk Britaniyaning Time jurnali xabar berdi.

    “Iyul oyining oxiriga kelib, testlar suvdagi xavfli bakteriyalar darajasini, xususan, E. coli va enterokokklarni aniqlashda davom etmoqda”, deya aniqlik kiritadi nashr.

    Bakteriyalar darajasi bir qator omillarga qarab o'zgaradi: yomg'ir miqdori, quyoshli kunlar va daryodagi oqimning tezligi. Parij rasmiylari tomonidan e'lon qilingan haftalik hisobotlarga ko'ra, 24-iyundan 2-iyulgacha daryodagi suv sifati to'qqiz kunlikning olti kunida Yevropa standartlari bo'yicha suzish uchun mos edi.

    “Agar daryodagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori o'zgaruvchan bo'lsa-yu, rasmiylar daryoni rejalashtirilgan musobaqalar vaqtida suzish uchun xavfsiz deb hisoblasa, sportchilar sog'lig'iga xavf tug'dirishi mumkin”, deya qayd etadi nashr.

    Aniqlik kiritilishicha, E. coli va enterokokk bakteriyalari oshqozon-ichak kasalliklari, jumladan, spazm, qusish va diareyaga olib kelishi mumkin.

    Bunday alomatlar, albatta, musobaqalarda qatnashish uchun mukammal jismoniy holatda bo'lishi kerak bo'lgan sportchilarga ma'qul kelmaydi, deya ta'kidladi Time.

    Oldinroq Sena daryosidan suvda xavfli bakteriyalar mavjudligini tahlil qilgan Surfrider Foundation nodavlat tashkiloti matbuot xizmati vakili Lionel Sheylyus tashkilot Parijdagi Olimpiya o'yinlari ochilishi oldidan yangi o'lchovlar o'tkazish uchun ruxsat olmaganini ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.