Bu haqda anklavdagi tibbiy manbalarga tayanib, “Al-Qahira al-Ixbariya” telekanali xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko'ra, ko'chirilganlar yashaydigan, ta'lim muassasasi hududida joylashgan chodirlar o'qqa tutildi. WAFA axborot agentligining xabar berishicha, maktab binosida qochqinlar ham bor. Unga ko'ra, o'nlab odamlar halok bo'lgan va yaralangan.
2023-yil 7-oktabr kuni G'azo sektoridan HAMAS jangarilarining Isroil hududiga kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o'ldirilishi va 240 dan ortiq asirlarning garovga olinishi bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Bunga javoban Isroil G'azoda HAMASning harbiy va siyosiy tuzilmasini yo'q qilish va o'g'irlab ketilganlarning hammasini ozod qilish maqsadida harbiy operatsiya boshlagandi, deb xabar beradi tass.ru.