Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davrida Prokuratura organlari tomonidan oʻtkazilgan monitoringda jami 678 ta tanqidiy maqola aniqlanib, ular  yuzasidan  tegishli  choralar  koʻrilgan. Shu bilan birga, oʻtgan davrda prokuratura organlari aralashuvi talab  etiladigan tanqidiy materiallar soni 496 tani  tashkil  etgan.

Ushbu tanqidiy materiallar prokuratura organlari tomonidan belgilangan  tartibda  koʻrib  chiqilib,  barchasiga rasmiy  bayonotlar  berilgan.

Tanqidiy materiallar boʻyicha qoʻpol qonun buzilish holati boʻyicha 29 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 32 ta fuqaroning  huquqlari  tiklangan.

Davlat organlarining huquqiy hujjatlarini tizimli ravishda oʻrganish natijasida: 

  • 26 mingga yaqin qonunga zid hujjatlarga protest keltirildi, qonunbuzilishi sabablarini bartaraf etish borasida tegishli idoralarga 14 mingta taqdimnoma kiritildi;
  • 640 mlrd. soʻm zararni undirish haqida sudlarga 15 mingdan ortiq arizalar kiritildi; 
  • 225 ming nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.