Obodonlashtirish xodimlarining nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan firibgar qoʻlga olindi

    Namangan viloyatida yashovchi ayollar G.X., D.J., M.T hamda K.Mlar. IIOga murojaat qilib, nomaʼlum sabablarga koʻra ularning nomlariga onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilishgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi 22 yoshli T.M. sodir etganligi aniqlandi.

    Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.M., jabrlanuvchilar G.X., D.J., M.T hamda K.M.lar Namangan shahar Chorsu mehmonxonasi oldida ishlab yurishgan vaqtida T.M. ularning oldiga kelib, oʻzini hokimlik ishchisi ekanini hamda Namangan shahar hokimligi tomonidan moddiy yordam olib berishini aytib, obodonlashtirish boshqarmasi ishchilarini pasport maʼlumotlari va rasmlarini olib, ularning nomiga jami 46 mln. soʻm miqdorida “Onlayn Mikroqarz” rasmiylashtirganligi maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan T.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.