5 kunlik ochlikdan keyin oʻsish gormoni sintezi ikki baravar koʻpayadi. Intervalli och qolish usulida ham natija boʻladi, ammo kamroq. Bu taʼsir biz ovqatlanganda ishlab chiqariladigan insulin gormoni oʻsish gormonini ishlab chiqarilishini bloklashi bilan bogʻliq.
Adrenalinning faol ishlab chiqarilishi esa ochlik boshlanganidan bir kundan soʻng kuzatiladi. Ovqatlanmaslikni ikkinchi kunidan keyin metabolizm tezligi 3,6% ga oshadi, bu past kaloriyali diyeta bilan metabolizmning keskin sekinlashuvidan tubdan farq qiladi. Bu haqda «Taomlanish ilmi» telegram kanalida maʼlumot berilgan.