Agar ular bosqichma-bosqich yopiq tizimga oʻtkazilsa, ekin ekish uchun qoʻshimcha maydon ochiladi, zovurlarni tozalash xarajatlari karrasiga tejaladi.

Bu masala, ayniqsa, yer tanqis boʻlgan vodiy viloyatlari uchun juda dolzarb.

Shu bois, ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha alohida dastur qabul qilinib, bu maqsadlar uchun 100 million dollar ajratilishi belgilandi.

Viloyat hokimlari tajribali tadbirkorlar bilan kelasi yilning oʻzida kamida 10 ming kilometr drenajni yopiq tizimga oʻtkazib, 20 ming gektar qoʻshimcha ekin maydoni ochish uchun masʼul boʻladi.