Tadbirda oʻquvchilarga institut xodimlari tomonidan oʻqotar qurollarning tuzilishi va jangovar imkoniyatlari, tankka va piyodalarga qarshi minalar xususiyatlari, saf tayyorgarligi mashgʻulotlari, qoʻl jangi, karabinchilar chiqishlari, pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish va avtomatni qismlarga ajratish va qayta yigʻish mashgʻulotlarini oʻquvchilarga koʻrsatib oʻtishdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va maʼnan barkamol, harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlab, institut kursantlari va maktab oʻquvchilari oʻrtasida samimiy munosabat shakllanib, oʻquvchilar tomonidan harbiy xizmatchi va bojxona xodimi boʻlish yigit kishi uchun oliy sharaf ekanligi taʼkidlandi.
Aziza Sharofiddinova,
Toshkent shahar Shayhontohur tumanidagi
40-maktabning 11-sinf oʻquvchisi