Va o'tgan yil bo'yicha natijalar O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilindi. Mazkur indeks O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021–2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoniga asosida, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko'rsatkichlariga asosan tuziladi.

Ochiqlik indeksini shakllantirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik darajasini baholash metodikasi ishlab chiqildi. Mazkur metodika asosida 100 dan ortiq respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2021-yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O'zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan baholash ishlari amalga oshirildi.

Baholash natijasiga ko'ra 2021-yil bo'yicha “eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlari top — 20” ro'yxati shakllantirildi. Natijalar esa quyidagicha:

1.

O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi

2.

O'zbekiston-YAponiya markazi

3.

“Zakovat intelektual klubi” nodavlat noijorat tashkiloti

4.

“YUksalish” umummilliy harakati

5.

“Tadbirkor ayol” O'zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi

6.

“Demokratiya va inson huquqlari instituti”

7.

“SHarq ayoli” xalqaro ayollar jamg'armasi

8.

O'zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi

9.

O'zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo'llab-quvvatlash markazi

10.

Mintaqaviy tahdidlarni o'rganish markazi

11.

Muassasa shaklidagi “O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti

12.

O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

13.

O'zbekiston “Qizil yarim Oy” jamiyati

14.

O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi

15.

“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik markazi

16.

O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi

17.

O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyati

18.

“Sog'lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro xayriya fondi

19.

O'zbekiston professional futbol ligasi

20.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi