AQSHning Michigan universiteti tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot shuni ko'rsatadiki, qarish jarayonini sekinlashtirish uchun shunchaki ochlik hissi yetarli bo'lishi mumkin.
Olimlar pashshalarning ikki populyatsiyasi bilan tajriba o'tkazishdi. Birinchisi VSAA aminokislotalarining past miqdori bo'lgan oziq-ovqat bilan oziqlangan. Natijada, hasharotlar ko'proq xamirturush iste'mol qila boshlashdi, bu doimiy ochlik hissini yuzaga keltirdi.
Ikkinchi guruh pashshalari uchun ochlik hissiga javob beradigan nerv hujayralari qizil chiroq yordamida faollashtirildi. Bunday hasharotlar narigi guruh pashshalariga qaraganda ikki baravar ko'p ovqat iste'mol qilishgan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, ikkala guruhdagi chivinlar nazorat guruhidagi hasharotlarga qaraganda ancha uzoqroq yashadi.
Olimlarning ta'kidlashicha, ular tadqiqot uchun faqat pashshalardan foydalanganishdi. Ammo shunga o'xshash ta'sir boshqa turlarda ham kuzatilishi mumkinligiga ishonish uchun barcha asoslar bor, deyiladi mir24.tv saytida.