Hudud rahbarlari ham muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovgʻa qilish bilan cheklanib kelgani qayd etildi.

Eski ijtimoiy himoya tizimida odamlarga umid berish, hayotini yaxshilashi, band boʻlishiga koʻmaklashish eng oxirgi oʻringa tushib qolgan.

Prezident bu sohada umumiy yondashuv oʻzini oqlamagani, har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi.

Ijtimoiy xizmat va yordamni mahalla darajasida manzilli, shaffof va adolatli tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. 

Kam taʼminlangan oilalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, tizimni shaffof qilish hisobiga doimiy daromadga ega oilalar ehtiyojmand toifasidan chiqarildi.