Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston javlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 4 kun davom etgan ogʻir atletika boʻyicha mamlakat kubogi yakuniga yetdi. Unda 130 nafar erkak va ayol sportchi gʻoliblik uchun supachaga chiqdi.
Sportchilar 10 tadan vazn toifasida musobaqalashdi. Medallar jamgʻarishda Toshkent viloyati vakillari jami 12 ta medal (5 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza) bilan 1-oʻrinni egalladi. 2-natijani umumiy 8 ta medal (3-4-1) bilan Samarqand sportchilari qayd etishgan boʻlsa, kuchli uchlikni 9 ta medal (2-5-2) toʻplagan Xorazm viloyati polvonlari yakunlab berdi.
Musobaqada shuningdek, eng yaxshi erkaklar va ayollar jamoalari hamda sportchilari nominatsiyalari boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi. Unga koʻra, ochko hisobiga koʻra eng yaxshi erkaklar jamoasi nominatsiyasini Samarqand, eng yaxshi ayollar jamoasi gʻolibligini Xorazm viloyati qoʻlga kiritdi.
Eng yaxshi erkak sportchi nomiga namanganlik Adhamjon Ergashev, eng yaxshi ayol sportchi sharafiga esa buxorolik Nigora Abdullayeva sazovor boʻldi.