Qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obektlariga uzluksiz ravishda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida Energetika vaziri boshchiligidagi ishchi guruh (Prokuratura va Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish bo‘yicha joylarda nazorat tadbiri o‘tkazilib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan birida Ohangaron tumanida joylashgan “Metan trans servis” MCHJ hamda “Barhayot plyus” MCHJga qarashli AGTKSHlarning gaz hisoblagichlari belgilangan tartibga zid ravishda o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur shoxobchalarning gaz hisoblash uskunalari ekspertizadan o‘tkazilganda, ushbu uskunalar foydalanishga yaroqsiz deb topildi va oxirgi nazorat kunidan bugungi kunga qadar qayta hisob-kitob qilindi. Natijada “Barhayot plyus” MCHJ va “Metan trans servis” MCHJlarga 300 million so‘mdan (jami 600 million so‘m) qo‘shimcha tabiiy gaz hisoblandi.
Shu bilan birga, “Barhayot plyus” MCHJda 31 million so‘m hamda “Metan trans servis” MCHJda 80 million so‘m (jami 111 million so‘m) elektr energiyasi uchun qarzdorlik aniqlandi.
Mazkur gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalar tabiiy gaz tarmog‘idan uzildi.