Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — ijtimoiy muammolarni oldini olish, oilaviy ajrimlar, erta nikoh kabi holatlarni qisqartirish, aholi, ayniqsa yoshlar ongida oila muqaddas dargoh ekanligi to‘g‘risida tushuncha shakillantirish.
Davra suhbatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mutaxassislari, ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari, hamda psixologlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tomonidan oila psixologiyasi, kattaga hurmat kichikka izzatda bo‘lish, sha’riy nikoh va qonuniy nikoh masalalari, oilada gigienik qoidalar, oilaviy munosabatlar, qarindosh-urug‘chilik munosabatlari, er-xotin munosabatlari va farzand tarbiyasi haqida shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, erta nikoh, kiyinish madaniyati, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning zararli tomonlari, ajrim sabablari haqida so‘z yuritildi.
Davra suhbati so‘ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Fatima Seydabdullaeva,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Tuproqal’a tumant bo‘linmasi bosh mutaxassisi.