76 ta loyihalar asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga erishildi. Ular orqali kombinatning ichki ehtiyojlari qoplanishi barobarida, Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarga yetkazib berilib, eksportga ham yoʻnaltirilmoqda.

Xususan rux sulfati eksporti 753,3 milliard dollarga yetkazilgan.

Mahalliylashtirish dasturining ijrosi kombinatning asosan 3ta korxonasida amalga oshirib kelinadi. Bular: Markaziy taʼmirlash-mexanika zavodi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamda Rux zavodidir.

Feruza Joʻrayeva tayyorladi