Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdi

    Toshkentda sport gimnastikasi boʻyicha Jahon chellenj kubogi oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, 14 mamlakatdan 60 nafar sportchi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada dastlabki gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

    Unga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ortda qolgan kun 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Xususan, kecha 50 yoshni qarshi olgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medal bilan taqdirlandi.

    Oltin medal:

    • Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashq)
    • Ahrorxon Temirxonov (halqa)

    Kumush medal:

    • Oksana Chusovitina (tayanib sakrash)
    • Ravshan Komiljonov (Ot ustida mashq)
    • Humoyun Islomov (erkin mashq)

    Bronza medal:

    • Shahinabonu Yusufova (tayanib sakrash)

    Bugun yana bir qator yoʻnalishlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi, — deyiladi xabarda.