Gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogini 9 ta medal bilan yakunladi

    Sport 23 Iyun 2025 831

    Toshkentda sport gimnastikasi boʻyicha Jahon chellenj kubogi oʻz nihoyasiga yetdi.

    Qayd etilishicha, final bahslarining ikkinchi kungi bellashuvlarida ham Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor boʻlishdi.

    Oltin medal:

    • Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
    • Abdulaziz Mirvaliyev (tayanib sakrash)

    Kumush medal:

    • Odinaxon Robijonova (toʻsin)

    Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida 4 tadan oltin va kumush, 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.