Yosh gimnastikachilarimiz jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritishdi

    Sport 23 Iyun 2025 776

    Shu yilning 18-22-iyun kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

    Qayd etilishicha, mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham shohsupaga koʻtarilishdi.

    Qiziqarli bahslar yakunida qizlarimiz jamoaviy yoʻnalishda bronza medallariga ega chiqdilar. Hamyurtlarimiz musobaqa davomida 141.850 ochko jamgʻarishga erishishdi.

    Badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi JCH

    Jamoaviy dastur:

    • Bolgariya – 147.350
    • AQSH – 143.200
    • Oʻzbekiston – 141.850