Gimnastikachilarimiz Jahon kubogi bosqichini 10 ta medal bilan yakunladi

    Sport 28 Aprel 2025 787

    Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlandi.

    Qayd etilishicha, musobaqaning soʻnggi kunida sportchilarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.

    Oltin medal:

    • Taxmina Ikromova (xalqa)

    Kumush medal:

    • Anastasiya Saranseva (xalqa)
    • Anastasiya Saranseva (bulava)
    • Taxmina Ikromova (toʻp)
    • Taxmina Ikromova (tasma)

    Bronza medal:

    • Guruh mashqi (3 toʻp va 2 xalqa)
    • Anastasiya Saranseva (toʻp)
    • Taxmina Ikromova (bulava)

    Shu tariqa, jamoamiz mazkur turnirda 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.