O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining navbatdagi Hay’atida “Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari”, “Tibbiyot fanlari”, “Iqtisodiyot va huquq fanlari”, “Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari”, Texnika fanlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan 17 ta tematik loyihalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda loyihalar tanlovlari natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya etilgan amaliy va innovatsion loyihalar muhokama etildi. Muhokamada har bir loyiha alohida ko‘rilib, Hay’at raisi va a’zolarining savollariga loyihani himoya qilayotgan tegishli ilmiy texnik kengash raisi yoki raisi o‘rinbosari javob berdi. Har bir loyiha alohida ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi yoki rad etildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra jami 17 ta loyihadan 4 tasi moliyalashtirishga tavsiya etildi, shulardan 1 tasi amaliy, 3tasi innovatsion loyihalardir. Qolgan 14 ta loyiha qayta ishlash va takomillashtirish uchun tegishli ilmiy-texnik kengashlarga qaytarildi.
Shunday qilib, “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor innovatsion loyihalar tanlovi natijalariga ko‘ra Toshkent moliya instituti tomonidan taqdim etilgan bajarilishi 3 yilga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish va aqlli sug‘urta texnologiyalarini yaratish” amaliy loyiha yillik 500 million so‘m miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazi davlat muassasasining homilador ayolda endotelial tizimining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan xolda homila yo‘qotish sindromini rivojlanish xavfini erta tashxislashni ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion loyihasiga yillik 899,9 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi. “Kremniyli suvlari asosida yangi avlodli dori vositalarining parafarmatsevtik mahsulotlarini ishlab chiqish” loyihasiga yillik 698,2 million so‘m taqdim etiladi. Bu loyihani Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy jamoasi taqdim etgan. Shuningdek, surunkali yurak yetishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda buyrak disfunksiyasini erta aniqlash hamda prognozlash uchun raqamli dasturiy mahsulot va mobil ilova yaratishga yillik 500,0 million so‘m miqdorida mablag‘ beriladi. Mazkur uchta loyiha ikki yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Olima ayollarning umumiy 5,5 milliard so‘mlik to‘rtta ilmiy loyihasi moliyalashtirishga tavsiya etildi
Jami 17 ta loyihadan 4 tasi moliyalashtirishga tavsiya etildi, shulardan 1 tasi amaliy, 3tasi innovatsion loyihalardir. Qolgan 14 ta loyiha qayta ishlash va takomillashtirish uchun tegishli ilmiy-texnik kengashlarga qaytarildi.
Uy-joy ipotekasiga 2026-yilda 23 trillion soʻm resurs ajratiladi
- “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi yangi qonun loyihasini tez fursatda qabul qilish lozimligi taʼkidlandi
- “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi
- Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etiladi
- Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi
- “Toʻrtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil qilinadi
Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
- Toshkent irrigatsiya universitetining “Suv diplomatiyasi” magistratura yoʻnalishiga xalqaro maqom beriladi
- O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
- Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
- Podmoskovyedagi maktabda o'smirning odamlarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida bir bola hayotdan ko'z yumdi
- 2027-yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida