Olimlar 18 ming yillik suv osti vulqonini topishdi

    Norvegiyaning Arktika universiteti tadqiqotchilari so'nggi muzlik davri oxirida otilib chiqqan suv osti vulqonini topishdi.

    Bu kashfiyot Barens dengizining janubi-g'arbiy qismida amalga oshirildi. Bu Norvegiya suvlarida topilgan ikkinchi shunday vulqondir.

    Tadqiqotchilarning fikricha, diametri qariyb yetti metr va balandligi taxminan 2,5 metr bo'lgan yangi kashf etilgan vulqon kengligi taxminan 300 metr va chuqurligi 25 metr bo'lgan krater ichida joylashgan. 18 000 yil avval so'nggi muzlik davridan keyin undan katta miqdorda metan tabiiy ravishda otilib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.

    Ushbu o'ziga xos vulqonlardan – bir necha yuz metrdan bir necha kilometrgacha bo'lgan chuqurlikdan asosan suv va mayda cho'kindi jinslar otilib chiqadi. Ular o'tmishda Yerda mavjud bo'lgan muhitni tushunish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir, deyiladi korrespondent.net saytida.