Mutaxassislar revmatoid artrit kasalligiga chalingan sichqonlar ustida tajriba o'tkazishdi. Ular kasallikning rivojlanishi uchun mas'ul bo'lgan oqsilning ekspressiyasini bartaraf etishdi. Bu eksperimental obyektlarda kasallikning birinchi belgilari paydo bo'lishi bilanoq amalga oshirildi.
Kasallikning rivojlanishi to'xtatilgandan so'ng, mutaxassislar uning shakllanishiga yo'l qo'ymaydigan moddani izlay boshlashdi. Bu borada eng mosi selastrol bo'lib chiqdi.
Ushbu faol birikma Xitoy an'anaviy tibbiyotida ishlatiladigan Tripterygium wilfordii o'simligi tarkibida mavjud. Bu o'simlik yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega ekanligi ma'lum, ammo bu ta'sir mexanizmi to'liq tushunilmagan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, selastrol reaktsiyaga qarshi antitanachalarni bloklaydi va revmatoid artrit rivojlanishini to'xtatadi, deb xabar beradi korrespondent.net.