Rossiyalik olimlar ayni shu masalada izlanishlar olib borib, yakunda kutilgan ijobiy natijaga erishganini maʼlum qildi.
Yangi diagnostika usuli COVID-19ga chalingan bemorlar organizmida kasallikning ogʻir shakli rivojlanishidan ogohlantiruvchi jarayonni aniqlash imkonini beradi.
Yaʼni ana shu xavf mavjud boʻlsa, bemorlar qon plazmasi tarkibida xolesterin miqdori deyarli yarmiga kamayishi kuzatiladi. Koʻrsatkich qancha pasaygani sari xastalik shu qadar ogʻir shaklga oʻtishi mumkinligi ayon boʻladi.
"Xolesterin miqdorining keskin kamayishi kasallik kuchayib ketishiga doir yomon prognozdir, — deb tushuntiradi mutaxassislar. — Masalan, shunday holat koronavirusga chalingan bemorda qayd etilsa, u tez orada reanimatsion yordamga muhtoj boʻlishi mumkin”.
Olimlar izohiga koʻra, xolesterin miqdori kamayishining bir necha sabablari bor. Jumladan, bu holat xolesterin metabolizmi va hujayra retseptorlari faolligi oshishi uchun masʼul boʻlgan genlarning notoʻgʻri ishlashi tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.