Olimlar koronavirusga qarshi vaktsinalarni xona haroratida saqlash yo'lini topdi

    Xitoy virusologlari COVID-19ga qarshi qoʻllaniladigan, tarkibida ribonukliyen kislotalari mavjud vaksinalarni xona haroratida olti oydan ortiq vaqt saqlash imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi.

    Chunki bu turdagi emlash vositalari -20 dan -70 darajagacha boʻlgan sovuq muhitda oʻz foydali xususiyatlarini yoʻqotmaydi. Ammo bu talab ularni saqlash, tashish jarayonini qiyinlashtirib, keng qamrovda foydalanish imkoniyatini cheklaydi.

    Xitoy olimlari ishlab chiqqan texnologiya orqali +25 daraja iliq haroratda ham vaksinalarning barcha zarur xususiyatlarini saqlab qolish mumkin. U lipid nanozarrachalaridan liofillangan vaksina tayyorlash usuliga asoslangan (vakuumda quritish orqali).

    Tadqiqotda aytilishicha, bunday mRNK vaksinalari “omikron” shtammining bir nechta variantlariga qarshi kuchli immunitet hosil qilishda yuqori samaradorlikka ega. Yangi texnologiya uning biologik faolligiga putur yetkazmasdan emlash vositasi beqarorligini bartaraf etib, chekka va olis hududlarda preparatdan qulay foydalanish imkonini beradi.