Tajriba davomida ma'lum bo'ldiki, o'g'il bolalarda transkranial elektr stimulyatsiyasi bilan birgalikda transkranial magnit terapiya ta'siri ostida kamaygan gormonlar (masalan, testosteron) darajasi ko'tarila boshlaganligi va yuqori miqdordagi gormonlar esa kamaya boshlaganligi aniqlandi. Bunday natijaga ishtaha yo'qolishi va tana og'irligining kamayishi hisobiga erishildi, deb xabar beradi lenta.ru.
Mazkur davolash usuli elektr stimulyatsiyasi bilan birgalikda harakatlanuvchi magnit maydon hosil qiladigan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Saratov davlat tibbiyot universiteti professori Nina Bolotovaning so'zlariga ko'ra, u bemorlarda metabolizmni yaxshilash va vazn yo'qotishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.