Tadqiqot ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqichda 15 ming nafardan ortiq odamda qondagi omega-3 yarim to'yingan yog' kislotalar darajasi va o'pka funksiyasi o'rtasidagi munosabatlar o'rganildi. O'rtacha 56 yoshli subyektlar eksperiment boshida sog'lom edi va ko'pchilikda surunkali o'pka kasalligi belgilari yo'q edi. Ko'ngillilar ustida o'rtacha 7 yildan 20 yilgacha tadqiqot olib borildi.
Mutaxassislarning xulosasiga ko'ra, odam qonida yarim to'yingan yog' kislotalari darajasining ko'tarilishi o'pka funksiyasi yo'qolish tezligining pasayishi, ayniqsa docosahexaenoic acid kislotasi, yog'li baliqlarda yuqori konsentratsiyalarda mavjud bo'ladigan omega-3 yog' kislotasi bilan bog'liq.
Ikkinchi bosqichda 500 000 ga yaqin ishtirokchilarning ma'lumotlari tahlil qilindi. Xususan, omega-3 darajasining ko'rsatkichi sifatida qondagi genetik biomarkerlarga e'tibor qaratildi. Ushbu tajriba ma'lumotlari avvalgisiga mos keldi: omega-3 yog' kislotalari, jumladan yarim to'yingan yog' kislotasining yuqori miqdori o'pka funksiyasining yaxshilanishiga olib keldi.
Baliq va baliq yog'idan tashqari, yong'oq va urug'lar, o'simlik moylari va maxsus boyitilgan ovqatlar tarkibida ham omega-3 mavjud, deb xabar beradi lenta.ru.