Shu yilning 13-aprel kuni Yevropa kosmik agentligi (ESA)ning Jupiter Icy Moons Explorer (JUICE) sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yupiterning uchta sun'iy yo'ldoshiga uchirilishi rejalashtirilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ularning muzli yuzasi ostida suv okeanlari bor, deb yozmoqda Ria Novosti.
Bu boshqa sayyoralarda hayotni izlashga qaratilgan yana bir noyob missiya bo'lib, uning vazifasi Yupiter sayyorasida hayotning mavjudligini baholash va agar muvaffaqiyatlik bo'lsa, uning belgilarini aniqlashdan iborat.
JUICE sayyoralararo avtomatik stantsiyasi 13-aprel kuni Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan Ariane-5 raketasida ishga tushiriladi. Stansiya 2031-yil iyul oyida Yupiter tizimiga yetib borishi kerak.
Dastur shuningdek, Yupiterning o'zi va uning sun'iy yo'ldoshlarga ta'sirini o'rganishni ham nazarda tutadi.
Laziza ERMATOVA tayyorladi.