HIP 71865R nomi bilan mashhur b Cen AB tizimi Erdan 325 yorug'lik yili olisda joylashagan. Unda harakatlanadigan yulduzlar juftligi Quyoshdan ikki baravar ko'proq vaznga ega.
Olimlar Chilidagi Yevropa janubiy orbservatoriyasida VLT teleskopi vositasida b Cen (AB) b deb nomlangan sayyorani 2019 yilning martidan 2021 yilning apreliga qadar kuzatishdi. Mazkur sayyora superyupiterlar turkumiga kiritildi. Sayyora ikkita yulduz atrofida aylanadi. Uning yoshi 15 million yil ekani taxmin qilinmoqda.
Ekzosayyoraning yulduzlar juftligidan uzoqligi Yupiterning Quyoshdan uzoqligiga qaraganda yuz martaga olis ekani aniqlandi, deya xabar beradi korrespondent.net.