Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sabina Toshkenboyeva uzoq davom etgan Olimpiya oʻyinlariga saralash siklini muvaffaqiyatli yakunladi va Tokio-2020 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Pezaroda Tokio-2020 olimpiadasining shaxsiy birinchiligida ishtirok etadigan eng baxtli uch nafar sportchisi saralab olindi. Gʻoliblar Jahon kubogining toʻrtta bosqichi, yaʼni Sofiya (Bolgariya), Toshkent (Oʻzbekiston), Boku (Ozarbayjon) hamda Pezaro (Italiya) shaharlarida oʻtkazilgan musobaqalarda qayd etilgan umumiy natijalarga koʻra aniqlandi.

Bizni xushnud etgan jihati, hamyurtimiz Sabina Toshkenboyeva ana shu baxtli sportchilar qatoridan joy oldi. U yakunda 130 ochko toʻpladi va bu natija unga XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini taqdim etdi.

Turizm va sport vazirligi Sabina Toshkenboyeva hamda badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarini ushbu ajoyib gʻalaba bilan muborakbod etadi!