Maʼlumki, keyingi yili Parijda oʻtadigan olimpiadaga yoʻllanma beradigan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati joriy yilda boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston olimpiya jamoasi bugundan ushbu musobaqaga tayyorgarlikni boshlaydi.

Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi yoshlarimiz avval tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Shundan soʻng ular Fujayraga joʻnab ketadi va 9 va 12-yanvar kunlari BAA U-23 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazadi.