Ushbu MFYdagi mavjud 679 nafar suyultirilgan gaz isteʼmolchisiga suyuq gaz belgilangan reja asosida oʻz muddatida yetkazilmoqda. Gaz tizimi xodimlari kecha, 18-yanvar sanasida mazkur mahalla aholisi xizmatida boʻlib, 12 tonna suyultirilgan gaz tarqatishdi.
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, Chortoq tumanida 25 ming 289 nafar isteʼmolchisi bor. Ularga 2023-yilning ayni kuniga qadar 200 tonnaga yaqin suyuq gaz eltib berilgan.