Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari saylandi

    Toshkent shahrida yangi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda.

    Toshkent shahrida yangi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda.

    Majlisga raislik qilish vakolati Reglamentga asosan Qonunchilik palatasining yangi saylangan Spikeriga oʻtdi va Nuriddin Ismoilov majlisni olib borishni davom ettirdi.

    “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tavsiyasiga asosan Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadi.

    Ushbu Qonunga koʻra Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari soni, qoida tariqasida, 2 nafardan oshmasligi kerakligi belgilangan.

    Siyosiy partiyalar vakillari kengashi qarorini Siyosiy partiyalar vakillari kengashi raisi Aktam Xaitov oʻqib eshittirdi.

    Unga koʻra, OʻzLiDePdan saylangan deputat Mavluda Xoʻjayeva Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari etib koʻrsatildi va ovoz berish yoʻli orqali saylandi.
    Shundan soʻng, OʻzLiDePdan saylangan deputat Rahimjon Hakimovni Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari etib koʻrsatildi va ovoz berish yoʻli orqali saylandi.