Muloqotda Oʻzbekiston — Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlanganidek, oxirgi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar dinamikasida sezilarli faollik kuzatilyapti.

Bunga albatta, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati koʻp jihatdan turtki boʻlyapti.

Ikki davlat parlamentlari oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishida “Oʻzbekiston–AQSH” parlamentlararo guruhi hamda AQSH Kongressidagi “Oʻzbekiston boʻyicha kokus”ning saʼy-harakatlari eʼtirof etildi.

Uchrashuvda hamkorlikning parlamentlararo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, demokratik islohotlarni amalga oshirish kabi sohalarda mustahkamlash masalasiga eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.