Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami – JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.

Joriy oʻquv yilida Toshkent viloyatidagi 886 ta umumtaʼlim maktablarini 30 ming 600 dan ortiq oʻquvchi bitiradi. Oliy taʼlim muassasalariga qabul boshlanishiga oz vaqt qolayotganiga qaramay, 11-sinf bitiruvchilari orasidan yuzlab yoshlar allaqachon 16 yoshga toʻlgan boʻlsa-da, hali ID-karta olmagan. Qabul kunlariga yaqin qolganda ID-karta olishga uzundan uzoq navbatlar kuzatilishi mumkin. Shu bois ota-onalarga soʻnggi kunlarga qoldirmay, tezroq farzandlarining ID-karta olishini taʼminlashlari tavsiya etiladi.

Joriy yilning 1-yanvaridan boshlab Zangiota tuman, Nurafshon, Chirchiq va Ohangaron shahar Davlat xizmatlari markazlarida shaxsni tasdiqlovchi ID-karta berish joriy qilindi. Xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (roʻyxatda turgan joyingizdan qatʼiy nazar) taqdim etiladi.

Boshqa tuman va shaharlarda ham ID-karta olishda IIBga murojaat qilish mumkin

Jasur Qayumov,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

boʻlim boshligʻi