19 yoshli S.X. Damas mashinasida yoʻlni kesib oʻtayotgan 14 yoshli maktab oʻquvchilarini urib yuborgan.

Piyodalar YTH oqibatida tan jarohati olib, shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan.

Mazkur hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tuman IIB tergovga qadar tekshiruv boshlagan.

Viloyat YHXB dastlabki surishtiruvga koʻra, YTHga haydovchi svetaforning qizil chirogʻida harakatlanishi sabab boʻlganini bildirdi.