Unda marhumning onasi joriy yilning 26-28-yanvar kunlari oʻgʻli bilan uzoq muddatli uchrashuvda boʻlgani va u sogʻligʻi boʻyicha hech qanday shikoyat qilmaganini maʼlum qilgan.
Mazkur holatni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) nazoratga olganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 14-son jazoni ijro etish koloniyasi navbatchilik qismi tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-fevral kuni soat 22:45 da jazo muddatini oʻtayotgan mahkum sogʻligʻida oʻzgarish sezgani sababli koloniya shifokorlariga murojaat qilgan. Birinchi tibbiy yordam koʻrsatilganidan soʻng ham uning holati yaxshilanmagani sababli, u Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Biroq koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, mahkum 15-fevral kuni soat 01:00 da shifoxonada gipertoniya va birlamchi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgani aytilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, marhumga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat Ombudsman xodimlari va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib oʻrganilmoqda. Shuningdek, Ombudsmanning Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila aʼzolari bilan uchrashib, taʼziya bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsman tomonidan murojaat yuborildi.








