“Olmazor” — “Sergeli” yoʻnalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha toʻxtatiladi

    Transport 23 Sentabr 2021 1373

    Profilaktik ishlari olib borilishi munosabati bilan “Olmazor” — “Sergeli” yoʻnalishida poyezdlar qatnovi 25-sentyabr soat 21:00 dan 26-sentyabr soat 07:00 gacha vaqtincha toʻxtatiladi.

    Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.

    Ushbu yoʻnalish boʻyicha avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Metropoliten yoʻlovchilari ushbu yoʻnalishdagi avtobuslardan yoʻlkira xaqqisiz foydalanishi mumkin boʻladi.

    “Toshkent metropoliteni” UK maʼmuriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.f