Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman boʻlimi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor N.S.dan undiruvchi N.T. foydasiga 50 turdan ziyod mol-mulklarini olib berish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud. Kelin boʻlganiga hali ikki yil ham boʻlmagan N.T. oilasi bilan ajrashib, kelinlik sarpolarini olish maqsadida bir necha marta sobiq turmush oʻrtogʻiga bildirgan. Biroq sobiq turmush oʻrtogʻi kelinga tegishli boʻlgan mol-mulklarni berishni xohlamagan.
Shundan soʻng, N.T. 50 turdan ziyod sarpolarini qonuniy olish maqsadida sudga murojaat qiladi.
Sudning ijro varaqasida kelinlik sarpolari olib berilishi toʻgʻrisida qaror qilingan. Byuroning tuman boʻlimi davlat ijrochisi U.Mashhurov tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, N.T. foydasiga kelinlik sarpolari olib berilib, mazkur ijro hujjati amalda tamomlangan.