Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Loyiha hudud qiyofasini yaxşilaş, ekologik muhitni boyitiş hamda aholiga mazmunli hordiq çiqariş uçun qulay şaroit yaratişga qaratilgan.

Obodonlaştiriş işlarida mavjud köp yillik daraxtlarni saqlab qolişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Maʼlumotga köra, ularning barçasi öz joyida saqlanadi. Ayrim kiçik daraxtlar esa mutaxassislar nazoratida boşqa mos hududlarga köçiriladi.

Loyiha amalga oşgaç, sayilgoh tuman aholisi va mehmonlari uçun zamonaviy infratuzilmaga ega dam oliş maskaniga aylanişi kutilmoqda.