Bugun tuman Madaniyat saroyida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda oʻquvchilarda rassomchilikda oʻz isteʼdodlarini namoyon etish va yuzaga chiqarish boʻyicha Oltiariq farzandi, Oʻzbekiston Qahramoni Lola Murotovaning rasmini chizish vazifasi topshirildi.

Umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ushbu fursatdan unumli foydalanib, Qahramon fermerni bor mahoratlari bilan portret rasmlarini chizdilar.

Tadbirda Lola Murotova aks etgan rasmlar mualliflarini taqdirlash marosimida mualliflar tomonidan rasmlar sotuvga qoʻyildi. Kutilmaganda Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev soʻz olib 1-oʻringa loyiq topilgan tumandagi 20-IDUMning 11-“V” sinf oʻquvchisi Shahzodbek Turgʻunov chizgan rasmni sotib oldi.

– 8-mart Xotin-qizlar bayrami yaqinlashmoqda. Bu portretda Lola opa juda chiroyli, haqiqiy mehnatkash ayol sifatida tasvirlanganini koʻrdim. Men bayram kuni bu portretni Lola opaga sovgʻa qilaman, - dedi tuman hokimi.

Oltiariq tumani hokimligi

Axborot xizmati.