Belgilanganidek, dushanba kuni ushbu metalning zudlik bilan yetkazib berilishi narxi bir oʻlchov birligi (unsiya) uchun 2000 dollarga yaqinlashdi. Oltin shartnomalari (fyucherslari) 0,4 foizga koʻtarilib, bir oʻlchov birligi uchun 1993,9 AQSH dollariga yetdi.

Iyul oyida oltinning bozordagi narxi 11% ga oshdi, bu 2012-yildan beri rekord darajadagi oylik oʻsishdir.

Eslatib oʻtamiz, 31-iyul kuni Nyu-Yorkdagi Comex birjasida savdolar chogʻida oltin narxi bir oʻlchov birligi uchun 2005,4 dollarga yetgandi.

Ayni paytda, spot bozordagi kumushning narxi bugungi kunda 0,3 foizga pasayib, bir oʻlchov birligi 24,3212 dollarni tashkil qildi. Oʻtgan oyda kumushning qiymati 34 foizga koʻtarilgandi.