Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Shveysariyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.
Oʻzaro muloqot davomida Shveysariya elchisi Ombudsman instituti vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda Vakilning 2021-yil 10 oylik faoliyati bilan tanishtirildi.
Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, soʻz erkinligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Uchrashuv soʻngida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar berildi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili
(Ombudsman) Axborot xizmati