Mintaqaviy vakil darhol viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi masʼul xodimi bilan birgalikda murojaatni joyiga chiqib oʻrgandi.
Aniqlanishicha, 11-son tergov hibsxonasi kameralarida soat 22:00 dan ertalabki 6:00ga qadar elektr energiyasidan foydalanish taʼqiqlangan. Mana shu paytlarda muassasada saqlanayotgan mahbuslarning suv ichishga ehtiyoji boʻlganda qaynatilmagan suv ichishga majbur boʻlgan.
Oʻrganish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan suvning sifati tekshirilib, mahbuslarga suvni faqat qaynatilgan holatda isteʼmol qilinishi tavsiya etildi.
Monitoring jarayonida har bir kamerada suvni qaynatish jihozlari mavjud ekanligi aniqlandi va mahbuslarga soat 22.00 ga qadar kerakli miqdorda qaynatilgan suvni zaxiralashlari kerakligi tushuntirildi.
Monitoring doirasida tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar boʻyicha mahbuslarning fikrlari ham oʻrganildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili
(Ombudsman) Axborot xizmati