Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, oʻrganish uchun Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakil Jahongir Valiyevga yuborildi.
Jahongir Valiyev mazkur murojaatni joyiga chiqib oʻrgandi. Oʻrganish jarayonidada “Yuksalish” umummilliy harakatining Namangan viloyat hududiy boʻlinmasi rahbari, Chust tuman mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi xodimi, Buloqboshi MFY raisi hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha Chust tuman hokimining yordamchisi ham ishtirok etdi.
Aniqlanishicha, murojaatchi ayolning haqiqatdan ham oilaviy sharoiti ogʻir va ishsiz boʻlgani uchun doimiy daromadga muhtoj.
Oʻrganish natijalariga koʻra, fuqaro M.N.ga Buloqboshi MFY tomonidan bir martalik 500 ming soʻm naqd pul koʻrinishida moddiy yordam ajratildi va murojaatchi ayollar daftariga kiritildi.
Murojaatchining oylik daromadga ega boʻlishi uchun hokim yordamchisi tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturiga asosan imtiyozli kredit ajratildi. Mazkur mablagʻlar hisobiga fuqaroning chorvachilik bilan shugʻullanishi uchun jami 32 mln soʻmlik 12 dona qoʻy uning xonadoniga yetkazib berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati